Xush Kelibsiz
Chorshanba, 16.10.24, 13:03
Xush Kelibsiz Гость | RSS

Qachon? Qayerda? Qanday?

Sayt Xaritasi
Sayt Xaritasi
Avto va Moto [2]
Tabiat [2]
Tabiat go'zalliklari
Buyuk Insonlar [2]
Buyuk insonlar haqida ma'lumotlar
Sayt Xaritasi
Sayt Xaritasi
$$$ для web-мастеров Interesno NNN

Каталог статей

Главная » Статьи » Bu qiziqarli » Buyuk Insonlar

Amerika asoschilaridan biri Abrahim Linkolin

Abraham Linkoln       Abrahim Linkolin 1809-yilning 12 fevralida AQSH, Kentukida fermerlar oilasida tavallud topgan. Linkolinni oilasi kichik bir yog’ochdan yasalgan kulbada isteqomat qilgan. U Amerikaning 16-prizidenti va bir paytning o’zida Respublikachilar partiyasidan birinchi prizident, u Amerika  faxri va qahramoni bo’lgan. Uning AQSH tarixida o’chmas iz qoldirishiga qullikni yo’qotishda mardonovor ko’rashi asos bo’ldi. Oxir oqibat uning kurashi millionlab qullarga ozodlikni olib keldi.

       Otasi Tomos Linkolin boy fermerlardan bo’lgan, uning qariyb 500 gektar yerga teng bo’lgan ikkita fermasi va chorvalari bo’lgan. Linkolin 7 yoshligida otasi bazi bir yuridik hujatlar hatoligi tufayli mol-mulkidan ayrilgach Illinoisga ko’chib o’tishadi. U 9-yoshligida onasi vafot etgach to otasi qayta uylanguncha (1819) uning tarbiyasi bilan opasi Sara shug’illangan. Bazi bir manbalarga ko’ra u yoshligida erinchoq bo’lgan deyiladi. Faqat o’spirinlik yoshiga yetib mehnat qilishga shidat bilan kirishadi, yosh bo’lishiga qaramay pochtada, o’rmonda va xatto qayiqchi bo’lib ham ishlaydi. U oilasida o’qish va yozishni o’rgangan birinchi ziyoli  hisoblanadi. U o’zi haqida yozgan manbalarda oilasiga yordam berish uchun ko’p ishlaganligi sababli maktabga 1 yildan ko’p bormaganligi haqida ochiq-oydin yozadi. Lekin shunga qaramay u yoshligidan kitobga mehir qo’yadi. Ko’plab kitoblarni qiziqib mutoala qiladi. Yaqin do’stlari uning 12 yoshdan boshlab qo’lidan kitob tushmaganligi haqida aytishgan. U kitoblarni o’zi yashagan joylardagi qo’shnilaridan o’qishga olib turgan, ularni o’qib bo’lgach qaytarib yangilarini olgan. Shuning bilan birgalikda u o’zing qo’shnilariga xat yozishga yordam bergan. Bu bilan u o’z yozish sanatini mukamallashtirishga stilistika va gramatikani o’zlashtirishga harakat qilgan. Bundan tashqari  bo’sh vaqtlari u erinmasdan sud majlisiga borib advakatlar nutqini tinglashni kanda qilmasdi. 1832-yili Illinois shtatining qonunchilik palatasiga o’z nomzodini qo’yadi, lekin o’tolmaydi. Boshlanishiga u temirchi bo’lishni niyat qilgandi ammo keyin Sud bilan tanishgach yuristprudensiya sohasi bo’yicha ketishga qaror qildi. 1835-yili u o’z niyatiga yetdi Illinois shtatiga qonunchilik palatasiga saylandi. Shu yillar ichida advakat bo’lish uchun kerak bo’ladigon qonunchilik haqida ko’plab kitoblarni mutaola qilib chiqdi. 1836-yili advakat bo’lish uchun imtoxon topshirib uni muvofaqiyatli o’tdi. Linkolin o’zi himoya qilgan bazi bir nochor fuqorolardan hizmati uchun xatto haq ham olmagan.

       1842-yili u oila qurgan va 4 farzandning otasiga aylangan, o’z ayoli Merri Tod bilan 1840 yilda tanishgan. 1846-yili kongresda prizidentga Amerika va Mexsika urishiga qarsh chiqadi lekin shunga qaramay armiyaga pul ajratishga urishda boquvchisini yo’qotganlarga va urish tufayli nogiron bo’lib qolganlarga moliyaviy yordam berilishini qo’llab quvatlaydi. Ayollarga ovoz berish huquqi berilishini yoqlab chiqadi.  Urishni tugatishga harakat qilishi uning Illinois shatidagi obro’yiga putur yetkazadi va u qonunchilik palatasiga qayta nomzodini qo’ymaydi. Siyosatdan uzoq vaqtga chetlashadi. Va o’zini butunlay advakatlik ishiga bag’ishladi. Va keying 23 yil davomida advakat bo’lib ishladi va keng jamoatchilikda obro’ga erishdi. Shu vaqt ichida u 5100 ishda ishtirok etdi va Oliy Sud oldida 400 dan ortiq ishda qatnashdi.Abraham Linkoln

       1854-yilda Respublikachilar partiyasiga asos soldi u shu paytdagi bazi partiyalarga o’xshab qullikga qarshi bo’ladi. 1858-yilda esa uning nomzodi Respublikachilar partiyasidan senatga nomzod qilib qo’yiladi. Saylovda uning raqibi Demakratlar partiyasidan Stiven Duglas bo’ladi. Ular o’rtasida bo’lib o’tgan muzokarada Duglasni qo’li baland keladi. Lekin Linkolinni aytgan gaplari butun shtatga ovoza bo’lib uni qullar erki uchun kurashuvchi deb atashiga sababchi bo’ladi. U “Yarim qul va yarim erkin davlat ortiq mavjud bo’la olmaydi”- deb aytadi.

       1860-yili Linkolin prizidentlikka o’z nomzodini Respublikachilar partiyasidan qo’yadi.  Uning oddiy xalqdan chiqanligi va qulchiliklla qarshiligi va mehnatsevarligi uning xalq tarafidan etirof etilishiga sabab bo’ladi. Faqat quldorlik hokum surayotgan  Janub vakillari qarshi chiqadi va xatto u g’olib chiqqan xolda ajrab chiqishi haqidagi po’pisa bilan qo’rqitadi. Demakratlat partiyasidagi ichki nizolar Linkolinga qo’l keladi, uning nomi Janubdagi 9 shtatda xatto ro’yxatta bo’lmasligiga qaramasdan shimolliklar qo’llab quvatlashi tufayli u g’olib chiqadi.  Shunda Janubiy Karalina boshchiligida bir nechta shtat mustaqil bo’lib chiqib ketmoqchiligi haqida e’lon qiladi. Bunga qarshi Linkolin bir shtat gapi bilan u mustaqil bo’lib qola olmasligi shtatlardan biri chiqib ketmoqchi  bo’lsa bu faqat boshqa shtatlarning roziligi orqali amalga oshirilishi haqida aytadi bu esa shtatlar to abad birga degani deydi.

       Abraham Linkolin1861-yili Alabamada Amerika qo’shma kanvederatsiyasi tashkil qilinganligi va uning prizidenti Jeferson Devis va poytaxti Richmond ekanligi e’lon qilindi. Buni Linkolin va o’sha paytagi hali lovozimini topshirib ulgurmagan Jeyems Byukenen tarafidan tan olinmaydi. Bu esa fuqorolik urishi boshlanishi haqidagi daslabki belgilardan bo’ladi. 1861-yil 12-aprelda Janubliklar tarafidan Charlstonga hujum boshlanib fuqorolik urishi boshlanadi. Tish tirnog’igacham qurollangan Janubliklar Shimol o’ziga kelib olmasidan uni butunlay yengishga qaror qilgan edi. Boshlanishida bu jang Shimolliklar uchun juda qiyin kechadi, lekin oxir oqibat baribir ularning qo’li baland keladi. 1862-yili 13-dekabrda Shimolliklar janubliklar ustidan Frediriksbergda g’alaba qozonadi. 1865-yil esa Janub batamom yengildi, 9-aprelda kapitulatsiyaga rozi bo’lishga majbur bo’ldi.

       1862-yilning 20-mayida “Gomsted” haqida akt qabul qilindi. Unga ko’ra yoshi 21 dan oshgan va kanfederatsiya tarafida turib jang qilmagan fuqora 65 gektardan oshmagan hududni 10 dollar registratsiya pulini to’lagach o’z nomiga olishi mumkin edi. Qonun 1863-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan. 1862-yil 30-dekabirda qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilindi. Bu hujjatga ko’ra qora tanlilar shu kundan va to abad erkin fuqoro deb e’lon qilindi. Qonunchilikka qullik to’g’risida 13-o’zgartirish kiritildi. Bu Abrahim Linkolinning  hayoti davomida qilgan eng katta va tarixda iz qoldirgan ishi bo’ldi. Amerika tarixida prizidentlar ko’p bo’lsada Likolindek mashhurlikka erishganlari sanoqli.

       

Abraham Linkoln

Abraham Linkolin 1865-yilning 14-aprelida Janubliklar vakili tarafidan teatirda suyqasd uyishtiriladi. O’z prizidenti bilan hayirlashish uchun juda ko’p aholi yig’ildi, ular ichida oq va

  qora tanli Amerika fuqorolari birga edi. Linkolin o’z umri davomida juda ko’p ishlarni amalga oshirdi. Amerika Qo’shma Shtatlarining parchalanib ketishini oldini oldi. Qullarga erkinlik berib bunsiz Amerika kelajagi yo’qligini yohud parokandalikka uchrashini tushundi. O’z davlatni boshqargan payt agrar siyosat o’tkazib o’zlashtirilmagan yerlardan foydalanish unimdorligini oshirdi. Okean tarafga temir yo’llarni yotqizib infrastrukturani rivojlantirildi. Qullarga erkinlik berib ularning qahramoniga aylanda. Abrahim Linkolin Amerika tarixini belgilab bergan 4 buyuk prizidentlardan biri sanaladi. Uning timsoli Yorkshir tog’iga qolgan 3 buyuk prizidentlar bilan birgalikda o’yib tushurilgan. AQSHning 5 dollorlik puliga rasmi tushirilgan. Uning sharafiga Vashingtonda unga haykal qo’yilgan. Haykal qo’yilgan inshoatning  36 ustuni bo’lib u Linkolin davridagi Shtatlar sonini timsolini ifodalaydi. Necha yillar o’tgan bo’lsada AQSHliklar uning vatani oldidagi hizmatlarini haligacham unutmagan.

 

Abdullayev Ilhom            

 

Abraham LinkolnAbraham LinkolnAbraham LinkolnAbraham Linkoln

 

 

         

Категория: Buyuk Insonlar | Добавил: wolf (11.08.14)
Просмотров: 8752 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Qidiruv
Google