Benjamen Franklin oiladagi 17 farzandning biri bo’lgan. Oilasining boshqa azolari kabi u ham oilasiga qo’ldan kelganicha yordam berishga har
akat qilardi. Yoshligidanoq u otasi do’konida ishlar edi. Lekin bu o’qishga mukkasidan ketgan yigitcha uchun qiziqarli mashg’ulot emas edi, unga bu ish hech qanday zavq bermasdi. Shuning uchun vaqt o’tib 12 yoshida u akasi Jeyms yoniga yuborilib uning bosmaxonasida yordam bera boshladi. U kitoblar olamiga tushib qolgan edi. O’qishni xush ko’rgan Benjamen uchun bu bamisoli ertak edi, u kitoblarni o’qib kechga dovur qolib ketardi. U kitoblarni o’qish bilan kifoyalanmay o’z ustida ishlay boshladi. O’zi ham birnimalar yozib, o’z yozish uslubini shakillantirishga harakat qildi.
1721-yilda Jeyms “New England Courant” gazetasini chop eta boshladi. Benjamen akasidan va boshqalardan sir tutib “Dame Silence Dogood” taxallusi ostida kichik maqolalar yoza boshladi va ularni hech kim ko’rmaganida taxriryat eshigi oldiga tashlab ketar edi. Shu sababli uning kim ekanligini hech kim bilmasdi. Ular hajviyabop va qiziqarli edi va shahar hayotini o’zida aks ettirar edi, shu sababli bo’lsa kerak ular Benjamen tug’ilgan Bostonda mashxur bo’lib ketdi.
Jeyms Britan boshqaruvchilarini tanqid qilganligi uchun turmaga tushganda taxriryat ishlarini Benjamen o’z boshqaruviga oldi. So’z va matbuot erkinligini himoya qilish maqsadida mardlarcha London gazetasida maqola chop ettirdi:” Fikr erkinligi bo’lmagan joyda donolik bo’lishi mumkin emas; So’z erkinligi bo’lmagan joyda, erkin fuqorolik jamiyati bo’lishi mimkin emas. Bu har bir insonning huquqi toki u birovga ziyon zaxm yetkazmasa.”
Akasi Jeyms bilan o’rishib qolgach, Benjamen o’z baxtini o’zga joyda izlashga qaror qildi. 17 yoshida Nyu York shahrida ish topa olmagach Filadelfiaga ketib u yerda taxrirchi yordamchisi sifatida ish topdi va tez orada do’stlari safi kengayib ketdi. Biroz vaqt o’tgach u uylandi, o’z bosmaxonasini ochdi. Qarabsizki tez orada omadli biznesmenlardan biriga aylandi qo’ydi.
1729-yilda u Pensilvaniya gazetasini sotib oldi. U gazetada kundalik yangiliklardan tashqari o’zing hajviyaga boy maqolalarini ham chop qila boshladi. Va u tezlik bilan butun kaloniyal Amerikada eng ko’p o’qiladigon gazetalardan biriga aylandi.
Bir vaqtning o’zida Benjamen o’z etiborini ijtimoiy muomolarga ham qaratdi. Misol uchun u Junto nomli guruh tuzdi, bu guruh haftada bir marta uchrashib kunning dolzarb muomolari haqida muhokama qilishar edi. Junto 30 yil o’z faoliyatini davom ettirdi va Amerika faylasuflar jamiyatining rivojlanishiga asos bo’lib hizmat qildi. U yana birinchi bo’lib badallik kutibxonani tashkil qildi va undan tashqari birinchi bo’lib o’t o’chirish brigadasini tashkil qildi va shuning bilan birgalikda yong’inga qarshi sug’urta kompaniyasini tashkil qildi. U mahalliy militsiyani rivojlantirishga yordam berdi, kasalxona ochdi va keyinchalik Pensilvaniya Universetiga aylangan koledjga asos soldi. U gaplarining birida shunday degan “ men hohlardimki meni boy bo’lib o’tibdi deganlaridan ko’ra u foydali, manoli hayot kechirdi deb eslashlarini”.
1732-yilda Benjamen Richard Saunders taxalusi ostida Almanac (karendar muhim sanalar va statistik ma’lumotlar shu kun bilan bog’liq) chop eta boshladi. Benjamen uni 25 yil davomida chop etishni davom etirdi va u xalqda bechora Richard Almanagi nomi bilan yuritila boshladi.U o’zining Almanaki haqida men uni qiziqarli va foydali qilishga qo’ldan kelgancha harakat qilganman deb yozadi o’zining avtobiografik kitobida.
Benjamen maqollarga ham qiziqardi. Shu sababli u bor maqollarga juziy o’zgartirishlar kiritib ularni manosini yanada kengaytirishga so’z tasirini esa oshirishga harakat qilar edi. Yoki bor maqolarda bazi so’zlarni o’zgartirib umuman yangi maqollarni yasar edi. Uning bu qiziqishi uni eski maqollarga topishga undardi, uning qiziqishi kuchliligi tufayli bu yo’lda u fransuzcha, ispancha,italyancha, nemischa va lotincha o’qishni o’ziga o’rgandi. Misol uchun maqollardan biri:
Originali: Many strokes fell great oaks. Zarbalar ko’pligi kuchli emanlarni ham yiqitadi.
O’zgartirilgani; Little strokes fell great oaks. Kichik zarbalar emanlarni ham yiqitadi.
Va shunga o’xshash boshqa maqolalar. Benjamen tarafidan o’zgartirilgan maqollari bugungi kunda ham keng foydalaniladi. Uning Almanak kitobi esa bugungi kunda dunyoning turli tillariga tarjima qilingan.1748-yilda u biznesda o’z faoliyatini 42 yoshda tugatib o’z e’tiborini ilm-fan va ijtimoiy sohaga qaratdi. Ammo u hayotining eng muhim pallasi endi boshlanayotganligi haqida hatto tasavurga ham ega emasdi.Ilmiy nazariyalrni amaliyotda qo’llagan Franklin narsalarni sodalashtirishga va mukammallashtirishga harakat qilardi. U Franklin issiqlik qozonini ixtiro qildi, u kam yoqilg’i isrof qilib ko’proq issiqlik berar edi. U ikki fokusli ochki va bazi bir musiqiy asboblarni ham yaratgan.
Franklin ayniqsa uning elektor energiya sohasiga qo’shgan hissasi uchun ham juda mashhur. Energetika sohasida keng tarqalgan ba’zi atamalar ham Benjamenga tegishli. Misol uchun batareya,plyus, minus,pazitiv, negativ va boshqalar. Uning mashhur kashfiyotlaridan biri shu bo’ldiki, u tabiy ravishda sodir bo’ladigon chaqmoq va elektor toki bir xil hususiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. U ipakdan yasalgan uchayotgan varak ipini kalitga bog’lab qo’ydi va chaqmoq chaqishi natijasida paydo bo’lgan yorug’likni inson yaratgan elektor bilan solishtirib ularni bir xil ekanligini isbotladi. Bu bilimlari asosida u chaqmoqni o’ziga tortuvchi uskunani o’ylab topdi. Bugungi kunda uning bu uskunasi milionlab binolarni chaqmoq urishidan asraydi.
Undan tashqari u ob-havo kuzatish sohasida ham bazi izlanishlarni amalga oshirdi. U o’z izlanishlari natijasi asosida bo’ronning ga’rbdan sharqqa bo’lishini isbotladi. Uning bu izlanishlari bugungi kunda ob-havo kuzatuv markazlaring ob-havoni kuzatishda asos sifatida foydalanishadi.
1757-yilda Benjamen Pensilvaniya elchisi sifatida Londonda bo’ldi. Keyinchalik esa yana bir nechta kaloniyalar vakili sifatida Londonda bo’lib keldi. U Londonda bo’lgan chog’lari o’zi vakil bo’lgan Amerika kaloniyalari va Angliya o’rtasida do’stlik aloqalarini yaxshilashga harakat qildi. Asta sekinlik bilan u Angliyalik odamdan Amerikalikka aylanib borardi, u asta sekin Amerika mustaqilligi haqida o’ylay boshladi.
1775-yil u revalutsiya boshlanishida Filadelfiyaga yetib keldi. 1776-yil Mustaqillik Deklaratsiyasini yozilishiga yordam berdi. Tomos Jeferson tarafidan Mustaqillik Deklaratsiyasi yozib Benjamenga topshirildi, Benjamen unga bazi o’zgartirishlar kiritib uni tasdiqlash uchun topshirdi.
U Fransiyaga yuborishganda uni u yerda juda iliq kutib olishdi. Va tarixda Amerika Qo’shma Shtatlarini mustaqilligini tan olgan birinchi davlat ham Fransiya bo’ldi bunda so’zsiz Benjamenni ham hissasi katta. U nafaqaga chiqqaniga qaramay 79 yoshida 1787-yili qayta davlat hizmatiga chaqirib olishdi. Undan davlat konstitutsiyasini tuzishga yordam so’rashdi.
1790-yilda Amerika davlatiga buyuk hizmatlar ko’rsatgan Benjamen Franklin vafot etdi. Fransiya va AQSH mamlakatlari davlat boshqaruv markazlari uni hotirlab uning sharafiga motam kiyimini kiyishdi.
Uning mashhur iboralaridan ya’na biri shunday edi “ United or die” “ Birlash yoki nobut bo’l” bu ishyordan shtatlarni birlashtirish uchun bo’lgan fuqorolik urishida foydalanishdi. Unda yirik bir ilon tasvirlanib u bo’laklarga bo’lingan edi, har bir bo’lakka shtat nomlari yozilib tagida yuqoridagi misra yozilgan edi.Mani endi nima uchun AQSH pul birligi bo’lmish 100 $ da mashhur prizident rasmi emas Benjamen Franklin ramzi tushurilganini bilib oldingiz. Hususan uning davlati oldida qilgan hizmatlari hech qaysi Amerika prizidentinikidan kam emas.