Xush Kelibsiz
Chorshanba, 16.10.24, 13:12
Xush Kelibsiz Гость | RSS

Qachon? Qayerda? Qanday?

Sayt Xaritasi
Sayt Xaritasi
katta [0]
kichik [1]
qimmat [1]
arzon [0]
birinchi [0]
va boshqalar [1]
Sayt Xaritasi
Sayt Xaritasi
$$$ для web-мастеров Interesno NNN

Каталог статей

Главная » Статьи » Dunyodagi eng ... » va boshqalar

Dunyodagi eng chuqur tabiiy suv zaxirasi

Dunyodagi eng chuqur suv zaxirasi qayerda? va uning qandayligi ko’pchilikka qiziq bo’lishi tabiy hol. Tabiiy resurslar cheklangan va aksincha extiyojlar cheklanmagan jamiyatda yashar ekanmiz dunyodagi tabiiy resurs zaxiralarning ko’pchiligi kezi kelib tugashini yaxshi tushunamiz.

 

BaykalBazan suvsiz yerda hayot bo’lmasdi degan jumlalarni eshitamiz, yaxshilab fikr yuritsak darhaqiqat tiriklik yer yuzida suv bilan mavjud. Kuni kelib suz zaxiralari haddan ziyoq kamayib ketganda uning narxi va qadri oltindan ham yuqori bo’lib ketishiga hech shubha qilmayman. Bir o’ylab ko’ring keng bepayon jazirama cho’lda chanqagan insonga suvning qiymati oltinnikidan ham ustun bo’lib ketadiJ Ha sahro deganimga esimga tushib, ketdi qaysidir jurnaldamidi-e  o’qib qolgandim allaqaysi arab davlatida saxrolarning o’rtalariga suv tashlab ketilarkan, yo’lda yurgan yo’lovchilar uchun. ular chanqasa suvni olib o’rniga pul tashlab ketar ekanlar. Sotuvchi bo’lsa bunday joylarni qanchadir muddatda suv bor yo’qligini tekshirgani, olingan suvlarni pulini olib ketgani kelib turarkan.

 

Bilasizmi ? Xatto bugungi kunda ham yer yuzining ba’zi bir joylarida insonlar suvsizlikdan qiynalib ba’zilarining o’limiga ham sabab bo’lmoqda. Xalqaro axborot vositalaridan Afrikaning ba’zi bir davlatlarida toza ichimlik suvi tanqisligidan holsizlanib, kasallanib o’layotgan bollarni ko’rsatganiga ko’plab guvoh bo’lganmiz. Bunga yana qo’shimcha qilib shuni aytishim mumkinki ba’zi bir davlatlarda kir kiyimlar yuvilmaydi, ular kiyilib iflos bo’lgach o’rniga yangisi sotib olinadi. Chunki ularda suv shunchalik tanqiski, kir kiyimni yuvishga ketkizgan puldan ko’ra o’rniga yangisini sotib olgan arzon tushadi. Xa shunaqa gaplar.

 

Endi bir tasvur qiling suv ham tavar deb olsak kezi kelib uni sotishdan olinadigon foyda boshqa tavarlardan ko’ra ko’proq foyda keltirishi aniq. Chunki suvga bo’lgan talab hech qachon yo’qolmaydi va u birlamchi extiyojimizdandir. Bugungi kunga kelib bazi bir davlatlar suv sotish bilan ham shug’ullanishadi. Ular jumlasiga jo’g’rofiy yaxshi joylashgan Kanada davlatini kiritishimiz mumkun. Lekin dunyodagi eng chuqur va katta tabiiy suv zaxirasi boshqa davlatda joylashgan. Endi o’zingiz tasavur qiling ichimlik suv zaxiralariga ega bo’lgan davlatlarni yaqin kelajakda qanchalik iqtisodiy patensalga ega bo’lishini.

 

Dunyodagi eng chuqur tabiiy suv zaxirasi qaysi va qayerda joylashgan deysizmi? Hm Dunyodagi eng chuqur tabiiy suv zaxirasi Rassiya Federatsiyasida joylashgan. Yanada aniqroq qilib aytadigon bo’lsak bu Baykal ko’li. ha adashmadingiz aynan siz bilgan Baykal ko’li. U bugungi kunga kelib dunyodagi eng katta tabiiy chuchuk suz rezurvari yani ombori hisoblanadi.

 Baykal

Baykal ko’li dunyodagi eng katta suv zaxirasi bo’lib qolmay u eng go’zal ko’llardan biri ham dir. Uning go’zalligi ancha-muncha odamni o’ziga rom etadi. Baykal ko’li sharqiy Sibirning markazida joylashgan. Baykal ko’lining suvi shunchalar zilolki yaxshi obhovoda 40 metrlik chuqurlikdagi joylarning osti ko’rinadi. Baykal ko’liga 300 dan ortiq daryolar kelib quyiladi va faqat birgina daryo oqib chiqadi bu - Angara daryosi.

 

Yuqorida aytib o’tganimday u dunyodagi eng chuqur chuchuk suv rezeruvari va uning ba’zi joylarini chuqurligi xatto 1640 metrgacham yetadi. Bugungu kunga kelib Baykal ko’li o’z hududiga o’z go’zaligi bilan ko’plab turistlarni jalb qilmoqda, uning fauna va florasi ham unga bunda ko’mak bermoqda. U yerlarga qish-u yoz borsa bo’ladi ammo ko’proq yozda borgan maqul, sababi turistlar uchun mo’ljallangan turli ko’ngil ochar sayohat turlarini tanlash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bazi bir sayohlik agentliklari ochiq havoda tunni o’tkazishni va gulhan atrofida yigilib uning yordamida tayorlangan lazzatli taomdan bahra olib tabiat qo’ynida o’zini erkin his qilishni ham tafsiya qilishadi.  

 

Qishda u yerda turistlarni itga bog’langan chanalar va Baykal ko’lining muzlagan yuzida baliq tutishga chiqish o’ziga jalb qiladi.Umuman olganda juda go’zal joylar va asosiysi tanga foydali toza havo.

 Baykal Suniiy yo'ldoshdan

Maqolam so’ngida shuni aytib o’tmoqchimanki insonlar tabiiy resurslarni qadriga yetish kerak aks holda uning ham uvoli tutadi. Xalqimizda maqol bor "toma- toma doryo bo’lur” degan shuning uchun har bir tomchi suvning bekor isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaylik. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari ham suvdan tejab-tergab ishlatmoqdalar. Bunga misol qilib Germaniyani keltirishimiz mumkin. Germaniyada tomlar shunday maxsuslashtiriladiki ular qor, yomg’ir suvlarini rezurvarga saqlaydi, filtirlangan suv keyinroq mayishiy extiyojlar uchun ishlatiladi, Masalan yuvinishga. Ichimlik uchun esa vadapravod suvidan voydalanishadi. Qiziq shu yerda ham nemischa hisob-kitobni ko’rishimiz mumkin. Bekorga buxalter so’zi nemislardan kelib chiqan emas. Yomondan ham yaxshidan ham biron foydali narsa o’rgansa bo’ladi.

 Baykal Ko'li

E’tiboringiz uchun rahmatJ

 

Abdullayev Ilhom

Категория: va boshqalar | Добавил: wolf (11.12.13)
Просмотров: 9101 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Mehmon  
0
Yaxshi ekan menga yoqdi

Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Qidiruv
Google