Ingliz
tilida gapirishga o’rgatish
Dunyoda
tillar ko’p ammo ular ichida xalqaro hisoblanganlari bir nechta. Ingliz
tilining dunyo miqyosida tutgan o’rning kundan kunga o’sib borishi unga bo’lgan
qiziqishning kundan-kunga ortishiga sabab bo’lmoqda. Har bir tilda bo’lgani
kabi ingliz tili ham bir nechta muhim bo’lgan nutq vositalarini o’z ichiga
oladi, ammo ularning ichida gaplashish
(speaking) boshqalariga qaraganda ko’proq ishlatilishi va muhimligi bilan
ajralib turadi. Ingliz tilida gaplashish murakkab bo’lmasada osiyo xalqlarida
bu borada ba’zi bir muomolarga duch kelmaydi deb ham ayta olmaymiz. Masalan
ba’zi bir xalqlarda ingliz tilida mavjud bo’gan barcha tovushlarning ham
uchramasligi. Yoki boshlang’ich maktablarda gaplashish nutq faoliyatiga kam
e’tibor berilishi keyinchalik bolalarda bu faoliyat turning sust rivojlanishiga
sabab bo’lmoqda. Ba’zida esa noto’g’ri tuzilgan metodika ham bunga sabab
bo’lishi mumkin, guruhda bir nechta faol talabaga e’tibor berib gapirishga
uyalib turganlarga imkon bermaslik shu o’quvchilarning ingliz tilida yaxshi
gapira olmasligiga olib kelishi mumkin. Ba’zi O’qtuvchilar gapirishni o’rgatish uchun avvalam bor
gramatikani to’liq o’tib keyin gapirish(speaking)ga e’tibor berishimiz kerak
deb hisoblashi mumkin, lekin mening fikrimcha bu noto’g’ri tanlov, sababi
Ingliz tilini o’rganuvchilarni uzoq kuzatishim natijasida ishonchim shunga
komil bo’ldiki ingliz tili gramatikasini zo’r bilaturib yaxshi gapira olmaydigon
o’rganuvchilar ham ko’p yoki ingliz tilida so’z boyligi ko’p lekin erkin suxbat
qura olmaydigonlar. Shuning uchun ingliz tilini o’rgatishni boshlagan vaqtdan
boshlab o’rganuvchida gapirish ko’nikmasini shakillantira borish kerak. Kimdadir
hech narsani bilmaydigon o’rganuvchiga qanday qilib birdaniga gapirishni o’rgatish
mumkin degan savol tug’ilishi mumkin. Buning yo’li oson, hali endi o’rganishni
boshlagan o’quvchiga oson so’z birikmalarini berib borishdan boshlash kerak.
Masalan : Good morning, Good afternoon, my name is .., what is your name ? va
kundan kunga unga gramatikani tushuntirgan sari uni ortirib borish kerak. Bu
albatta o’z samarasini beradi. Ingliz tilida yaxshi gapira olmagan o’quvchining
gapirish darajasini oshirish uchun avvalam bor unga to’sqinlik qilayotgan
narsalarni aniqlab olish kerak. Ular ko’pincha uyalchanlik, xato qilishdan
qo’rqish, o’z ona tilida fikrlash, gap
struktura qurilishini yaxshi bilmasligi ba’zan esa so’z boyliging kamligi.
Kamchiliklarni aniqlab olgandan keyin ularni yo’qotish harakatini qilish kerak
shunda o’rganuvchining ingliz tilida
gapirishi sezilarli darajada oshadi. Ingliz tilida gapirishni yaxshi bo’lishi
uchun asosan uch narsaga e’tibor berish kerak:
1. So’zlarni
to’g’ri talafuz qilish
2. Uzoq
gapira olish (fikrni bayon etish)
3. Gapirishning
ravonligi
So’zlarni
to’g’ri talafuz qilish juda muhim chunki ba’zi bir tovushning boshqasi bilan
almashtirish so’z manosining o’zgarishiga yoki umuman tushunilmasligiga olib
kelishi mumkin. Masalan "law” va "low” yo’ki
"think” va "sink” va boshqalar. Buni ko’pincha zamonaviy lug’atlar bilan
birga beriladigon disklardan til tashuvchilarning o’zlari talafuz qilishini
eshitib o’rganganimiz oson va yaxshi natija beradi. Yoki agar o’qtuvchining
o’zi til tashuvchisi bo’lsa uning shu so’zni talafuz qilishini eshitib taqlid
qilib o’rganish.
Uzoq gapirish.
Bu ham juda muhim. Sababi men o’zim o’quvchilarning ikki og’iz gap gapirib
undan keyin nima deyishini bilmay qiynalib turganlariga ko’p duch kelganman.
Buni oldini olib ularda uzoq gapirishni shakillantirish uchun esa turli
o’yinlardan foydalanish mumkin. :Masalan Rasm berib qo’yib shuni menga
tasvirlab bering deyish, turli situatsiyalar yaratib ularni qatnashchiga
aylantirish, sahnalashtirilgan teatrga ishtrok etkizish yo’ki eng osoni uyga
biron bir mavzu berib yuborib shunga tayorgarlik ko’rib kelishni vazifa qilib
berish va boshqalar. Bunda ularning
ingliz tilidagi notiqligi so’zlarni to’g’ri tanlay olishi va
to’xtamasdan uzoq gapira olish sanati oshadi.
Gapirish
ravonligi ham gaplashish(speaking)ning muhim bo’lagi hisoblanadi. Bu tushunish
uchun antonym sifatida aniq gapirmaslik deyishimiz mumkin. So’zlarni bir biriga
qo’shib tashlash, tembga e’tibor bermaslik, tezlikka loqaydlik bazi bir
so’zlardan keyin pauza qilmaslik bunday oqibatlarga olib keladi. Bunday holatda
gapiruvchi nima deyotganni anglash qiyinlashib ketadi. Ba’zan huddi og’ziga
biron narsa solvolib gapirayotgan odamni ham eslatvoradi. Bunday holatni oldini
olish uchun ko’proq shu til vakili bilan praktik shug’illanish va uni kuzatish
kerak. Shunda tez qabul qilinadi.
Xulosa
qilib aytadigon bo’lsak biz hech kimga gapirishni o’rgatmaymiz chunki har bir
inson o’zi ona tilida gapirishni o’rganadi. Biz ularga ingliz tilida gapirishni
o’rgatamiz. Ingliz tilida gapirishni o’rgatish uchun avvalam bor to’g’ri
metodlardan foydalanish kerak. Har guruhdagi har bir o’quvchi e’tiborsiz qolib
ketmasligi kerak. Dars davomida nutqni rivojlantirish maqsadida interaktiv
o’yinlarda foydalanish kerak. Va har bir o’quvchiga gapirishga imkoniyat
berishni unutmaslik. Agar
yuqoridagilardan o’quvchilarni o’qitayotganimizda foydalansak ularning ingliz
tilida gapirish qobilyati o’sishiga shak shubxa qilmayman.
|